“Real Madrid“ La Ligadagi oltinchi oʻyinida ham gʻalaba qozondi
Kecha, 23-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasining 6-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻtkazilgan bahsda “Real Madrid“ Valensiya shahrida “Levante“ mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 1:4 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 28-daqiqada Xavi Alonso bilan chiqishmay qolgani aytilgan Vinisius Junior tomonidan ochildi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, argentinalik hujumchi Mastantuono ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
54-daqiqada Eyong “Levante“ning yagona javob toʻpini kiritdi. 64 va 66-daqiqalarda Kilian Mbappe dubl qayd etib, oradagi farqni 3 taga etkazdi. Oʻyin aynan 1:4 hisobi bilan oʻz yakuniga yetdi.
Ahamiyatlisi, bosh murabbiy va Junior oʻrtasida kelishmovchilikdan soʻng, Xavi Alonso bu safar Vinisiusni zaxiraga olmadi va braziliyalik hujumchi bu mavsum “qirollik klubi“ tarkibida birinchi bor 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali Kilian Mbappeni “oʻyin qahramoni“ deb topdi. Uning kechagi harakatlari 8,7 ballga baholangan.
“Levante“ – “Real“ 1:4
Gollar: Eyong 54 – Vinisius 28, Mastantuono 38, Mbappe 64 (pen.), 66
“Levante“: Rayan — Tolyan, Elxesabal, Dela, Varela — Alvares (Morales 74), Vensedor (Arriaga 65), Rey, Olasagasti (Bruge 65) — Eyong (Losada 74), Romero (Koyalipu 74)
“Real“: Kurtua — Asensio, Xeysen, Karreras (Alaba 82), Fran — Valverde (Bellingem 71), Sebalyos (Kamavinga 82) — Mastantuono (Chuameni 71), Gyuler, Vinisius — Mbappe (Rodrigo 82)
Ogohlantirishlar: Elxesabal 58 – Karreras 55
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring