“Real Madrid” yirik gʻalabaga erishdi

12:23 15 Mart 2026 Sport
407 0

Kecha, 14-mart kuni Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” jamoasi oʻz maydonida “Elche” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 4:1 hisobida “qirollik klubi”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 39-daqiqada Antonio Ryudiger tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim yakunida Federiko Valverde hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.

Ikkinchi boʻlimning 66-daqiqasida Din Xyoysen “Real Madrid”ning uchinchi golini kiritdi. Maʼlumot uchun, bu Xyoysenning jamoadagi ikkinchi goli hisoblanadi. Qizigʻi, futbolchi “qirollik klubi”dagi birinchi golini ham “Elche” klubi darvozasiga kiritgan edi.

85-daqiqada “qaymoqranglilar”ning yosh futbolchisi Manuel Anxel Moran oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. 89-daqiqada esa Arda Gyuler oʻyindagi soʻnggi golni kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?