“Oskar” mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
AQSHning Los-Anjeles shahrida Amerika kinoakademiyasining 98-“Oskar” mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni amerikalik komik, telekoʻrsatuvlar boshlovchisi va ssenarist Konan OʼBrayen olib bordi. Rejissyor Pol Tomas Anderson tomonidan suratga olingan “Jangdan keyingi jang” asari yilning eng yaxshi filmi deb topildi.
Quyida boshqa nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar roʻyxati keltirilgan:
- “Eng yaxshi rejissyor” — Pol Tomas Anderson, “Jangdan keyingi jang”;
- “Eng yaxshi aktyor” — Maykl B. Jordan, “Gunohkorlar”;
- “Eng yaxshi aktrisa” — Jessi Bakli, “Hamnet”;
- “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” — Shon Penn, “Jangdan keyingi jang”;
- “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” — Emi Medigan, “Qurollar”;
- “Eng yaxshi original ssenariy” — Rayan Kugler, “Gunohkorlar”;
- “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” — Pol Tomas Anderson, “Jangdan keyingi jang”;
- “Eng yaxshi animatsion film” — Meggi Kan, Kris Appelxans va Mishel Vongning “Key-pop: Demonlar ovchilari” filmi;
- “Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film” — “Marvarid toʻkkan qiz” (Kris Levis va Matsek Sherbovski);
- “Eng yaxshi hujjatli film” — “Janob Hech kim Putinga qarshi” (Devid Borenshteyn va Pavel Talankin);
- “Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” — “Barcha boʻsh xonalar” (Joshua Seftel);
- “Eng yaxshi xorijiy film” — “Sentimental qadriyat” (Yoakim Triyer);
- “Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” — “Qoʻshiqchilar” va “Ikki insonning soʻlak almashinuvi”;
- “Eng yaxshi kasting” — Kassandra Kulukundis, “Jangdan keyingi jang”;
- “Film uchun yozilgan eng yaxshi musiqa” — Lyudvig Yoransson, “Gunohkorlar”;
- “Filmdagi eng yaxshi qoʻshiq” — Golden (“Key-pop: Demonlar ovchilari” filmidan);
- “Eng yaxshi ovoz” — F1 filmi jamoasi;
- “Eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassom ishi” — Tamara Deverell va Sheyn Viye, “Frankenshteyn”;
- “Eng yaxshi operatorlik ishi” — Otem Dyurald Arkapou, “Gunohkorlar”;
- “Eng yaxshi grim va turmak” — “Frankenshteyn” filmi jamoasi;
- “Eng yaxshi liboslar dizayni” — Keyt Xouli, “Frankenshteyn”;
- “Eng yaxshi montaj” — Endi Yurgensen, “Jangdan keyingi jang”;
- “Eng yaxshi vizual effektlar” — “Avatar: Olov va kul” filmi jamoasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring