“Real Madrid” Hatoga jiddiy qiziqmoqda

14:04 10 May 2025 Sport
271 0

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yozgi transfer oynasida “Ayaks”ning yosh va istiqbolli himoyachisi Jorrel Hato bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Team Talk” nashri xabar berdi.

Klub ichki siyosatida asosan erkin agentlar bilan ishlashga urgʻu berilishiga qaramay, madridliklar bu safar oʻz qoidasidan chekinishga tayyor. Bunga Hatoning koʻp qirrali oʻyini, yoshligi va taktik moslashuvchanligi sabab boʻlgan.

Jorrel Hato koʻpchilik mutaxassislar tomonidan “yangi Alaba” sifatida taʼriflanadi. U chap qanot himoyasi va markaziy himoyachi sifatida teng darajada yuqori saviyada oʻynay oladi. “Real Madrid” aynan bunday universal futbolchini izlayotgani sababli Hato klub roʻyxatida yuqori oʻrinda turibdi. Hatoning kelishi klubga Alabaning klubni tark etish oldidan eng qulay variant hisoblanyapti.

Ispaniya giganti Hatoning transferi uchun Premer-liganing yirik klublari – “Liverpul”, “Arsenal” va “Chelsi” bilan raqobatlashishga tayyor. “Real Madrid” moliyaviy intizomni saqlab qolish tarafdori boʻlsa-da, bu transferda oʻzini orqaga tortmoqchi emas.

Jorrel Hato 2007-yilda Niderlandiyada tugʻilgan boʻlib, joriy mavsumda “Ayaks” safida 28 ta oʻyin oʻtkazdi, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yoshlik paytidanoq salohiyati bilan ajralib turgan himoyachi Yevropa grandlari eʼtiborini tortishga ulgurgan.

“Transfermarkt” portaliga koʻra, niderlandning bozor narxi 30 million yevro atrofida boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер