“Real Madrid” 12 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Ispaniyaning “Real Madrid” 12 yoshli Belaruslik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “Marsa” xabar berdi.
Belarus futbolchisi Aleksey Mayorov 2012-yilda tugʻilgan va u “Dinamo” klubining 1980-yillardagi yarim himoyachisi Aleksandr Kistenning nabirasi.
Nashrga koʻra, LaLiga klubi “Barselona” ham Mayorovni oʻz safiga qoʻshib olish niyatida boʻlgan. “Barsa” klubi futbolchini qoʻshib olish uchun Kataloniya futbol federatsiyasi orqali taʼsir oʻtkazishga uringan. Shunga qaramay, Aleksey “Real Madrid” akademiyasiga oʻtishni tanladi.
Mayorov “Real”ga qadar Ispaniyaning “Serdanyola” jamoasida oʻynagan. Oʻtgan mavsumda Aleksey 22 ta oʻyinda maydonga tushib, 59 ta gol urdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring