“Real Madrid” 100-daqiqada gʻalabani ilib ketdi
Kecha, 1-fevral kuni Ispaniya La Ligasining 22-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidagi uchrashuvda “Real Madrid” klubi oʻz maydonida “Rayo Valyekano” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 2:1 hisobida “qirollik klubi”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 15-daqiqada Vinisius Junior tomonidan ochildi. Taʼkidlash joizki, Vinisius La Ligada soʻnggi bor 14 tur avval “Vilyarreal” darvozasiga gol urgan edi. Birinchi boʻlim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 49-daqiqasida Xorxe de Frutos hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning ikkinchi boʻlimiga hakam tomonidan 9 daqiqa qoʻshib berildi. Qoʻshimcha vaqtning soʻnggi daqiqalarida mehmonlar jamoasi himoyachilari oʻz jarima maydoni ichida Brahim Diasga nisbatan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyishdi. Hakam esa ikkilanmasdan “Rayo Valyekano” darvozasiga penalti belgiladi.
11 metrli jarima zarbasini amalga oshirgan Kilian Mbappe aniq zarba berdi. Yakuniy hisob — 2:1, “Real Madrid” gʻalaba qozondi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring