Ravshan Sultonxoʻjayev poytaxt IIBB boshligʻi etib tayinlandi

06:25 05 Mart 2025 Siyosat
59 0

Foto: IIV

Polkovnik Ravshan Sultonxoʻjayev Erkinovich Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini taʼminlash masalalariga oid tezkor yigʻilish oʻtkazilgan.

Yigʻilishda davlat rahbarining mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, hududlarda jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olishda mahallabay va fuqarobay ish tashkil etish borasidagi topshiriqlari, ichki ishlar organlari faoliyatining hisobot davridagi koʻrsatgichi hamda kelgusida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha muhokama qilingan.

Tadbir jarayonida Toshkentda jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy koʻrib chiqilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan.

Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrilgan. Unda Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga polkovnik Ravshan Sultonxoʻjayev Erkinovich tayinlangan.

Tadbirda koʻtarilgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar boʻyicha soha mutasaddilarining taklif va mulohazalari tinglanib, yangi tayinlangan poytaxt IIBB rahbariga tegishli topshiriqlar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер