Ravshan Ermatov ogʻir judolikka uchradi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda UFA rasmiy kanali maʼlum qildi.
Qayd etish kerakki, Sayfiddin Ermatov koʻp yillar davomida yosh sportchilarni tayyorlagan, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Sayfiddin Gaziyevich Ermatov 1953-yil 22-fevral kuni Toshkentda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatida “Paxtakor”, “Spartak” va “Avtomobilchi” jamoalarida toʻp surgan.
Shundan soʻng Sayfiddin Gaziyevich “Paxtakor” bolalar-oʻsmirlar sport maktabi va xalq orasida “Chigʻatoy” nomi bilan mashhur boʻlgan futbol boʻyicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida yoshlarga futboldan saboq bergan. Keyinchalik futbol hakami va inspektori sifatida samarali mehnat qilgan.
Sayfiddin Ermatov faoliyati davomida koʻplab isteʼdodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qoʻshgan. Shogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish boʻyicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Ermatov, shuningdek, Abduhamidullo Rasulov kabi taniqli hakamlarni uchratish mumkin.
Shuningdek, tarkibida Server Jeparov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Yaroslav Krushelniskiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982-yilda tugʻilgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan.
“Xalq soʻzi” Ravshan Ermatovga hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring