Ravshan Ermatov Atletiko Madrid klubining Oʻzbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi

18:39 23 May 2021 Sport
1251 0

Toshkent Besh tashabbus harakati doirasida Milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbirda Ravshan Ermatov Ispaniya futbol klubi Atletiko Madrid jamoasining Oʻzbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.

– Xabaringiz bor, yaqinda turizm va sport vaziri Ispaniya va Italiya safarlarida boʻldi. Safar chogʻida Atletiko Madrid klubi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan. Biz ular bilan qaysi yoʻnalishlar boʻyicha tajriba almashishimiz mumkinligi, xalqaro oʻrtoqlik oʻyinlari, murabbiylarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuborish, yosh futbolchilarimizni klub akademiyasiga joylash kabi masalalarini qoʻydik.

Bilasiz, Atletiko Madrid jamoasi grafigi juda tigʻiz, shuning uchun hozircha klubning yoshlar jamoasidan boshlab turamiz. Keyinchalik, kattalar jamoasi, vaqti kelsa Ispaniya terma jamoasi bilan ham oʻynash imkoniyatimiz boʻladi, – dedi R. Ermatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?