Ravon Rossiya bozoridagi avtomobillari narxini oshirdi
Rossiya bozori uchun taklif qilinayotgan uch turdagi Ravon avtomobillarining narxi sezilarli ravishda oshirildi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online“ga Rossiyadagi dilerlik idorasi vakili ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilayotgan Ravon brendi ostidagi R2 va Nexia sedan avtomobillari 50 ming rublga (taxminan 790 dollar), Gentra esa 20 ming rublga ( taxminan 310 dollar) qimmatlashgan. Rossiya bozori uchun taklif etilayotgan yana bir marka — R4 (Cobalt) oldingi narxida qolmoqda.
Endilikda Rossiya bozorida Ravon R2 avtomobilini kamida 489 000 rubl (7,7 ming dollar)ga sotib olish mumkin. Mashinaning barcha komplekti o‘rnatilgan full versiyasi esa 559 000 rublni (8,8 ming dollar) tashkil qilmoqda.
Shuningdek, Rossiya bozorida Nexia sedanini 499 000 — 599 000 rubl (7,9 ming — 9,5 ming dollar), R4 modelini 529 000 — 659 000 (8,4 ming— 10,4 ming), Gentra‘ni esa — 569 000 — 699 000 rubl (9 ming — 11 ming) evaziga sotib olish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Rossiya bozorida Ravon brendi ostidagi avtomobillar birorta ham sotilmagani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring