Tailand Oʻzbekiston fuqarolariga 15-iyuldan vizasiz tartibni joriy qildi
immigrant invest
Tailand hukumati 2024-yil 15-iyuldan boshlab Oʻzbekiston va yana 92 davlat fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish tartibini rasman joriy qildi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi bergan maʼlumotga koʻra, Tailandga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar soni amaldagi 57 tadan 93 taga koʻpayadi, 36 ta yangi davlatlar qatoriga Oʻzbekiston ham kiritildi.
Qayd etilishicha, ushbu rejimni joriy etish Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni ragʻbatlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etilgan boʻlib, kelajakda bekor qilinishi mumkin. Tailand TIV maʼlumotlariga koʻra, ayni paytda Oʻzbekiston va Tailand oʻrtasida oʻzaro vizasiz rejim toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuvni ishlab chiqish boʻyicha muzokaralar davom etmoqda.
Bungacha Oʻzbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSH dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring