Rasman: Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi sabab soliq toʻlovchilarga yengillik berildi

13:27 02 Dekabr 2020 Hujjatlar
1419 0

“Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

“2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra:

➖ qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqni koʻpaytirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020-yil uchun belgilangan stavkalardan 50 foizga pasaytirildi;

➖ 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol mahsulotini chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, soliq toʻlovchilarga ayrim hollarda soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?