Rasman: Fabio Kannavaro Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Fabio Kannavaro Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati gʻolibi, yaqin oʻtmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi. Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi”, — deyiladi OʻFA xabarda.
Shuningdek, Fabioga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvida quyidagi murabbiylar yordam berishadi:
- Ayjenio Albarella — yordamchi murabbiy (“Yaponiya” terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
- Troyze Fransesko — jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
- Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (“Italiya” yoshlar terma jamoasi, “Sampdoriya” va “Spal” klublarida ishlagan).
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Quvayt va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring