Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

10:01 08 Oktyabr 2024 Sport
340 0

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “Theatre at Virgin Hotels” majmuasida oʻtkazadi.

Ushbu jangda hamyurtimizga “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi — Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerikalik Devid Stivens raqiblik qiladigan boʻlgan.

Qayd etilishichya, boks oqshomining markaziy jangi esa Floyd Skofild va Rene Telles oʻrtasida kechadi.

Maʼlumot uchun, ayni paytda Bektemir Meliqoʻziyev hamda uning boʻlajak raqibi Devid Stivensning hisobida 14 tadan gʻalaba va 1 tadan magʻlubiyat bor. Yaʼni, ularning statistikalari bir xil.

Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер