Raqobat qoʻmitasi barcha davlat va nodavlat telekanallarga koʻrsatma xati yubordi. Xoʻsh, endi nima oʻzgaradi?
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi oxirgi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablari buzilishi holatlari koʻzga tashlanayotganini bildirgan.
Shu sababli ham qoʻmita reklama qonunchiligi yuzasidan barcha davlat va nodavlat telekanallarga koʻrsatma xati yuborgan.
Maʼlum qilinishicha, koʻrsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid oʻz faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta koʻrib chiqishi soʻralgan.
Ushbu koʻrsatma xati talabalaridan kelib chiqib, Qoʻmita oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari oʻtkazadi va oʻrganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yoʻl qoʻygan subyektlarga nisbatan qatʼiy taʼsirchan choralar, shu jumladan, moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi maʼlum qilindi.
Avvalroq, qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan savdo doʻkonlari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring