Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi tashkil etildi
Иллюстратив фото
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-25-son, 01.02.2024-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi (International Digital Technology Center – “ENTERPRISE UZBEKISTAN”) tashkil etildi.
2024-yil 1-iyundan 5-yilgacha boʻlgan muddatga Markazda xorijiy kompaniyalar uchun qoʻllaniladigan maxsus huquqiy rejim eksperiment tariqasida joriy qilinadi.
Shuningdek, Markaz hududida eksperiment tariqasida quyidagi sohalarda maxsus huquqiy rejim joriy etiladi:
➖ raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish;
➖ bojxona va soliqqa tortish;
➖ mehnat munosabatlari;
➖ moliya va bank faoliyati;
➖ shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish va ularni himoya qilish;
➖ davlat xizmatlarini koʻrsatish;
➖ intellektual mulkni himoya qilish;
➖ tijorat va fuqarolik nizolarini koʻrib chiqish.
Bunda Raqamli texnologiyalar vazirligi maxsus huquqiy rejimni joriy etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring