Ramzan Qodirov Allamjonovni oʻldirmoqchi boʻlganmidi? Checheniston rahbari javob berdi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekistonda Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid xabarlarga munosabat bildirdi. Xorijiy nashrlar tomonidan uning bu hodisaga aloqadorligi haqida tarqatilgan maʼlumotlarni Qodirov “siyosiy oʻyin” deb baholadi. Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi xabarlar oʻzbek va chechen xalqlari oʻrtasida nizo chiqarishga qaratilgan.
Qodirov oʻz Telegram kanalida, “Oʻzbekistonda bir necha hafta oldin Prezident administratsiyasining sobiq xodimi boʻlgan mashinaga qarata oʻq uzilgan edi. Hech kim jabrlanmadi. Gumonlanuvchilardan biri allaqachon hibsga olingan, tergov barcha ishtirokchilarni va suiqasd sabablarini aniqlashi kerak”, deb yozdi.
Shuningdek, u ushbu xabarlarga munosabat bildirar ekan, buni “provokatsiya” deb atadi va bunga javob bermasligini aytdi. Qodirov shunday yozdi: “Men bu provokatsion narsalarga javob bermayman. Qolaversa, Oʻzbekistonda Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati tufayli barcha sohalar, jumladan, axborot va huquq-tartibot tizimidagi ishlar aʼlo darajada”.
Qodirov oʻziga nisbatan qilingan ayblovlar haqidagi fikrlarini davom ettirar ekan, buning siyosiy oʻyin ekanini qayd etdi. Unga koʻra, chechenlar va oʻzbeklar tarixiy oʻtmishi umumiy boʻlgan qardosh xalqlardir. Bizning umumiy jihatlarimiz juda koʻp.
Shuningdek, u oʻzining Oʻzbekiston va oʻzbek xalqiga boʻlgan alohida munosabatini taʼkidladi. Qodirov, “Shaxsan men uchun Oʻzbekiston – oʻzbek xalqini, uning odob-axloqini sevgan aziz otam Ahmad Hoji hayotining alohida va muhim qismidir”, dedi. U uchinchi tomonlarning bu kabi siyosiy oʻyinlariga qarshi qatʼiy turishini aytdi.
“Qoʻshimcha qilamanki, agar men haqiqatan ham biror narsani rejalashtiradigan boʻlsam, bu ishni 100 foiz natija bilan oxiriga yetkazaman”, degan u.
Qayd etish kerakki, jinoyat yuzasidan Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan tergov ishlari davom etmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) boʻyicha jinoyat ishi ochilgan. Gumonlanuvchilarning toʻrt nafari ushlangan boʻlib, tergov jarayonlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring