Ramazon oyida ehtiyojmand aholiga moddiy yordam beriladi

22:07 17 Fevral 2026 Hujjatlar
711 0

Bugun, 17-fevral kuni Prezidentning “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida”gi PQ–67-son qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagi toifadagi shaxslarga 1 mln soʻmdan 1-martalik moddiy yordam koʻrsatiladi:

• Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasidagi oilalarga;

• oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestridagi fuqarolarga;

• yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar yashayotgan oilalarga.

Shuningdek, ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasidagi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan shakllantirilgan qoʻshimcha roʻyxatdagi ehtiyojmand oilalarga 500 ming soʻmdan 1-martalik moddiy yordam koʻrsatiladi.

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning 6 ming nafar bemor aʼzolarining davolanishi va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi. 2026-yil 1-martga qadar Roʻyxat asosida oilalarning ijtimoiy karta yoki bank plastik kartalariga bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер