Raisiyning oʻlimi Erondagi ichki hokimiyat kurashi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin — OAV

Foto: AP
Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning oʻlimi mamlakatdagi hokimiyat uchun ichki kurash bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning “Hürriyet” gazetasi yozmoqda.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon va boshqa rasmiy shaxslar boʻlgan vertolyot 19-may kuni mamlakat shimoli-gʻarbida Verzegan viloyatida halokatga uchradi. 20-may kuni ertalab Eron vitse-prezidenti Mohsin Mansuriy prezident va uning delegatsiyasi vertolyot halokatida halok boʻlgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
Nashrning qayd etishicha, amaldagi oliy rahnamo Ali Xomanaiyning yoshi kattaligi sababli Eronda diniy rahbariyatda hokimiyat uchun kurash ketmoqda.
“Raisiy diniy rahnamoni saylaydigan delegatsiyaning bir qismi edi va diniy rahnamolik lavozimiga eng kuchli nomzodlardan biri edi. Biroq diniy yetakchi atrofida toʻplangan guruh bu lavozimda Ali Xomanaiyning oʻgʻli Mojtaba Xamanaiyni koʻrmoqchi”, deb yozadi gazeta.
“Vertolyot halokatida asosiy eʼtibor Raisiyga qaratilgan, biroq tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon Eron rejimining muhim shaxsi hisoblangan. U Raisidan keyin prezidentlikka nomzodlardan biri edi. Agar unga suiqasd uyushtirilgan boʻlsa, bu bir oʻq bilan ikki quyonni oʻldirish demakdir” — deb yozadi gazeta.
Shu oʻrinda nashr Eron prezidentiga nima uchun yetarli jihozlar boʻlmagan vertolyot ajratilgani, boshqa ikki vertolyot esa uchib keta olganiga ham eʼtibor qaratmoqda.
“Aksincha, prezidentga eng yaxshi jihozlangan vertolyotlar ajratilishi kerak edi. Garchi ob-havo sharoiti vertolyotlar parvozi uchun xavfli boʻlsa-da, nega prezident u yerga olib ketildi?” — deb yozadi gazeta sharhlovchisi Abdulqodir Selvi.
Uning soʻzlariga koʻra, harbiy va fuqarolik samolyotlari hamda vertolyotlarga, ayniqsa xususiy samolyotlarga oʻrnatilgan ELT qurilmasi nafaqat havodagi harakatni kuzatish imkonini beradi, balki aeroportlarda qoʻnish va uchishda ham majburiy hisoblanadi.
“Sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatuvni taʼminlovchi ELT qurilmasi hatto kemalarda ham bor. Faqatgina istisno shundaki, uchuvchilar razvedka idoralari tomonidan foydalaniladigan samolyotlarda maxfiy topshiriqlarni bajarayotganda payqab qolmasliklari uchun uni oʻchirib qoʻyishlari mumkin. Xoʻsh, nega u vertolyotda prezidentni olib ketayotgani yoʻq edi? Prezident haqiqatan ham ELT moslamasi boʻlmagan vertolyotda olib ketilganmi?”, — deb qayd etadi muallif.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring