Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari oʻtkazildi

19:26 26 Dekabr 2022 Jamiyat
849 0

Foto: Illustrativ surat

2022-yil 26-dekabr kuni rahbar kadrlar va masʼul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish boʻyicha test sinovlari boʻlib oʻtdi.

Test sinovlari rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning oʻqib tushunish, imlo qoidalarini toʻgʻri qoʻllay olish, soʻz va qoʻshimchalardan toʻgʻri foydalana bilish, tinish belgilarini oʻz oʻrnida ishlata olish hamda topshiriqqa koʻra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi koʻnikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?