“Rabotiqalmoq”dagi maktab oʻz sport zaliga ega boʻldi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Umumtaʼlim maktabining oʻz sport zali boʻlganiga nima yetsin? Yogʻin-sochinli kunlarda, xususan, qishda uning qadri juda bilinadi. Negaki, jismoniy tarbiya faniga daxldor mashgʻulotlarni sport zalisiz toʻlaqonli oʻtishni tasavvur etish mushkul.
Buxoro tumani “Rabotiqalmoq” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 18-sonli umumtaʼlim maktabida shu muammo kun tartibidan tushdi. Maktab uchun shinamgina sport zali qurilib foydalanishga topshirildi. Bu yerda endilikda sportning basketbol, qoʻl toʻpi, kurash kabi turlari bilan qishin-yozin shugʻullanish mumkin. Soha masʼullarining bildirishlaricha, keyingi paytda maktablarni rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha oʻquv binolari qurish bilan bir qatorda sport zallari bunyod etishga ham alohida eʼtibor qaratilyapti. Birgina joriy yilda viloyat boʻyicha 8 ta sport zali qurilmoqda.
Rabotiqalmoqqa kelsak, toʻqqiz ming aholi istiqomat qiluvchi bu mahalla yoshlarining risoladagidek taʼlim-tarbiya olishi uchun aytsa arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, mahallada joriy yilda 46-sonli yangi umumtaʼlim maktabi barpo etildi. Shuningdek, 43-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining 50 oʻrinli yangi filiali ish boshladi.
Shu kunlarda mahalla hududidagi oʻyingoh va sport zallari oʻgʻil-qizlar bilan gavjumligini koʻrish mumkin. Ushbu goʻshadan Sobir va Akobir Qurbonov, Shuhrat Ochilov, Fatxulla Xoliqov singari kurash va sambo boʻyicha jahon chempionlari yetishib chiqqani inobatga olinsa, bu Rabotiqalmoq uchun odatiy hol ekani ayon boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring