Quvaytlik shifokorlar murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini oʻtkazishmoqda
Fargʻona viloyatida tibbiyot sohasida yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga kirishayotgan Quvaytning “Gulf Care General Trade” kompaniyasi tizimiga kiruvchi klinikalarda faoliyat yurituvchi 20 nafarga yaqin yuqori malakali shifokorlar ishtirokida ehtiyojmand oila farzandlari uchun murakkab kardiojarrohlik amaliyotlari oʻtkazish kirishildi.
— Belgilangan rejaga koʻra, joriy yilning 16-yanvar kuniga qadar markazimizda 60 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi, — deydi Fargʻona viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi rahbari Shahobiddin Qoʻchqorov. — Ushbu bemor bolalar 2023-yil iyul oyida quvaytlik shifokorlar tomonidan viloyatda oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida saralab olingan edi.
Taʼkidlash joiz, oʻtgan yilning may oyida “Gulf Care General Trade” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvida ushbu mamlakat investitsiyasi hisobiga markazlashgan laboratoriya, radiologiya markazi qurish loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, shuningdek, murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazish va fargʻonalik shifokorlarni tajriba almashish uchun Quvaytga yuborish borasida kelishuvga erishilgandi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring