Quvada adir va toshloq yerlar oʻzlashtiriladi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanidagi oʻrganishlari davomida “Turk” MFY dagi “Turk-2” kichik sanoat zonasi hamda “Turk-2” yoshlar kichik sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.
Ishlab chiqarish maydoni 6 gektardan iborat boʻlgan “Turk-2” kichik sanoat zonasi jami 59 ta lotlarga ajratilgan. Qiymati 35.6 mlrd.soʻmlik 40 ta loyiha joylashtirilib, buning natijasida 470 tadan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan. Hozirda 30 ta loyiha boʻyicha qurilish ishlari olib borilmoqda. Mebel ishlab chiqarish, shirinliklar tayyorlash, sutni qayta ishlash va boshqa yoʻnalishlarda tadbirkorlar oʻz faoliyatlarini boshlash arafasida.
“Turk-2” yoshlar kichik sanoat zonasining umumiy yer maydoni esa 7.34 gektar boʻlib, shundan ishlab chiqarish maydoni 5.71 gektardan iborat. Ushbu kichik sanoat zonasi 59 ta lotlarga ajratilgan. Hozirda umumiy qiymati 33.6 mlrd. soʻmlik 47 ta loyiha joylashtirilgan. Ular ishga tushsa 450 oʻrindan ziyod yangi ish joylari yaratiladi. Tikuvchilik, qurilish mollari ishlab chiqarish va boshqa yoʻnalishlarda tadbirkorlar ish boshlaydilar. Viloyat hokimiga mana shular xususida maʼlumotlar berildi. Ishbilarmonlar bilan muloqotda viloyat rahbari kommunikatsiya tarmoqlari bilan bogʻliq masalalar ham tez fursatlarda toʻla hal etilishini aytib, mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.
Viloyat hokimi tumandagi Sherboʻtayev MMTP hududida yangi oʻzlashtirilayotgan yerlarni ham borib koʻrdi. Fermer Karimjon Ashurov oʻtgan yildan buyon qariyb 80 gektar toshloq yerni oʻzlashtirganligini, ayniqsa, xorijdan tosh maydalaydigan texnika olib kelganidan soʻng ishlar yanada jadal tus olganligini aytib oʻtdi. U ertapishar oʻrik navlarini ekib, erta bahordan bogʻ yaratish ishlariga kirishishini maʼlum qildi.
Shuningdek, Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 50 gektar maydonga suv yetkazib berish imkoniga ega boʻlgan sugʻorish tizimini yoʻlga qoʻyganligi faoliyatini samarali boʻlishida qoʻl kelishini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring