Qutqaruvchilik qatʼiyatni talab qiladi
Romitan tumanida tugʻilib oʻsdim. Bolaligimda koʻcha-kuyda harbiy libosdagi kishilarni uchratganimda, qalbimni hayajon bosardi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlayotgan qarindoshlarimiz borligidan gʻururlanardim. Ularga havas qilib kam boʻlmadim. Favqulodda vaziyatlar tizimida ishlash baxti nasib etdi.
Bu sohada xizmat qilish kishidan katta masʼuliyatni talab etadi. Negaki, qutqaruvchi har kuni inson hayoti bilan yuzma-yuz keladi. Xavf-xatarli vaziyatlarda tezkorlik bilan toʻgʻri qaror qabul qilish kerak. Kuchli iroda, qatʼiyat, puxta jismoniy tayyorgarlikka ega boʻlish ham muhim. Chunki yongʻinlar, tabiiy ofatlar, texnogen hodisalar shijoatimizni sinovdan oʻtkazadi. Jamoamiz safida shu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtayotganim, mushkul pallalarda safdoshlarim bilan bizga umid koʻzi bilan boqqan insonlar ishonchini oqlayotganimizdan, ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan kishilar hayotini saqlab qolayotganimizdan mamnunman.
Besh farzandim bor. Hali ular ancha yosh. Turmush oʻrtogʻim bilan oʻgʻil-qizlarimizni ona-yurtimizga sadoqatli, mehr-oqibatli qilib tarbiyalayapmiz. Toki, ular ham Vatanimizga munosib farzand boʻlib voyaga yetishsin.
Nodirjon AMONOV,
Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Buxoro shahar boʻlimi katta yoʻriqchi – qutqaruvchisi,
“Jasorat” medali sohibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring