Qutlov
Atoqli jurnalist, davlat va jamoat arbobi Sherzod Gʻulomov tabarruk 80 yoshga toʻldi.
Sherzod Gʻulomov xalqimizning ardoqli adibi Hamid Gʻulomning farzandi, munosib izdoshi sifatida xalqimizning maʼnaviy yuksalishi, bilim va tafakkuri boyishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa tashkilotlarda olib borgan faoliyati, bugungi kunda ham hormay-tolmay qizgʻin mehnat jarayoni bilan band ekani alohida eʼtirofga arzigulikdir.
Sherzod Gʻulomov “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni, “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan.
“Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati atoqli jurnalistni tavallud ayyomi va 80 yoshlik yubileyi bilan samimiy muborakbod etadi. Mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ijodiy zavq, saodatli kunlari bardavom boʻlishini tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring