Qurilish sohasida 12511 ta obyekt boʻyicha elektron tender oʻtkazildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Davron Miliyev maʼlum qildi.
Qurilish sohasida inson omilisiz elektron davlat xaridlarini joriy etilganiga roppa-rosa 1 yil boʻldi.
Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 46-son qarori bilan joriy etilgan edi.
2022-yil davomida har xil moliyalashtirish manbalari hisobidan boshlangʻich qiymati 21,83 trln.soʻmlik 12511 ta obyekt boʻyicha inson omilisiz elektron tender oʻtkazildi.
Shundan Davlat dasturlari boʻyicha boshlangʻich qiymati 14,3 trln.soʻmlik 8467 ta obyektlar boʻyicha inson omilisiz savdolar oʻtkazildi. Davlat dasturlari boʻyicha jami 698,8 mlrd.soʻm iqtisod qilingan.
Inson omilisiz elektron tenderlarni joriy etilishi natijasida qurilish sohasidagi davlat xaridlarida ortiqcha qogʻozbozlikka chek qoʻyildi, qurilish-pudrat tashkilotlari uchun haqqoniy raqobat bozori yaratildi, tender jarayonlarida inson omili cheklanishi natijasida korrupsiyaga barham berildi. Eng asosiysi ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektlarida oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, halol tender gʻolibi boʻlishi mumkinligi fikri shakllandi.
Shu bilan birga yuqoridagi qarorda:
— pudratchilar pudrat shartnomasining kamida 60% oʻz kuchlari bilan bajarilishi;
— qurilish ishlari oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda, to ushbu ishlar bajarilmagunicha yangi tenderlarga qoʻyilmasligi;
— shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda ushbu pudrat tashkiloti 24 oyga davlat xaridlariga kiritilmasligi qatʼiy belgilanganligini eslatib oʻtiladi.
Qurilish-pudrat tashkilotlarining Davlat xaridlari boʻyicha pudrat shartnomalari ijrosini oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim pudrat tashkilotlari ishlarning katta qismini subpudratchilarga berib yubormoqda. Bu holat soliq organlariga pudratchilar tomonidan xar oyda topshirilayotgan schyot-fakturalarga muvofiq asoslanmoqda.
Qurilish sohasida davlat xaridlarini islohoti raqamlashtirishlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu degani xar bir qurilish-pudrat tashkilotining Davlat xaridlari boʻyicha shartnoma shartlarini bajarish tarixi oʻchmas maʼlumotlar bazasiga kiritib borilmoqda va ushbu maʼlumotlar asosida ular saralanib boriladilar.
Ushbu holatda qurilish-pudrat yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari oʻz imijlari ustida qattiq ishlashlari maqsadga muvofiq boʻladi. Koʻp yillik imij bu katta yutuq hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring