Qurilish sohasi raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4-yilda 3,6 trillion so‘m byudjet mablag‘i tejaldi
2025-yil 5-mart kuni Prezidentimiz raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i A.Muxiddinov tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sh.Hidoyatov bilan birga yig‘ilish o‘tkazildi.
Korrupsiyani tag-tomiri bilan quritish uchun, avvalo, inson omili va qog‘ozbozlikni kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Masalan, sohadan kelib chiqadigan bo‘lsak, “Shaffof qurilish” dasturi joriy etilgach, tizimda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarga erishildi.
Ilgari investitsiya dasturiga kirgan obyektlarni quradigan pudratchilar mingtaga ham yetmasdi. O‘tgan yili 13,5 mingta obyekt qurilishida 4 mingdan ziyod pudratchi ishtirok etdi.
Soha raqamlashgani hisobiga o‘tgan 4-yilda 3,6 trillion so‘m byudjet mablag‘i tejaldi.
Vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qurilish va kommunal sohani vertikal tizim bo‘yicha to‘liq korrupsiyasiz sohaga aylantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar va ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish topshirildi.
Bunda birinchi navbatda sohadagi ruxsat berish, litsenziyalash faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirishga qaratilgan platformalarni yaratish vazifalari qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring