Qurilish sanoatida ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish maqsadida yangi markaz tashkil etildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Qurilish materiallari sanoatida ilm-fan yutuqlarini keng joriy qilinishi tarmoqda qoʻshimcha qiymatga ega, import oʻrnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining ortishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining sohani ilm asosida rivojlantirish boʻyicha topshiriqlari bu borada muhim dasturilamal boʻlib xizmat qilmoqda.
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida ochilgan “R&D tadqiqotlar markazi” mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Ushbu markazni tashkil etishdan asosiy maqsad – ishlab chiqarish korxonalari hamda soha olimlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirish, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining asoslangan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish alohida eʼtibor qaratish, shuningdek, “Innovatsion aktiv korxona”lar yaratishdan iborat.
Ushbu jarayonda markaz tayyor, ilmiy asoslangan loyihalarni shakllantirish hamda ularni tijoratlashtirish natijasida sohaning “tadqiqot ehtiyoji” hamda olimlarning “tadqiqot yoʻnalishlari”ni oʻzaro uygʻunlashtirib boradi. Unga jalb etilgan mutaxassislar tijoratlashtirishga tayyor ilmiy asoslangan loyihalarini tadbirkorlik subyektlari uchun jozibador koʻrinishga keltiradi.

Shuningdek, “Times Higher Education”, “Quacquarelli Symonds”, “Springer” singari ilmiy reyting beruvchi yirik agentliklar tavsiyalari asosida olim va izlanuvchilarning tadqiqotlari natijalarini butun dunyoga eʼlon qilishga amaliy yordam beradi.
Markaz doimiy tarzda sohaning asosiy tadqiqot yoʻnalishlarini aniqlash yuzasidan tahlillar oʻtkazadi va takliflar ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, markaz mutaxassislari tomonidan marketing tadqiqotlari, tajriba-konstruktorlik va novatorlik ishlanmalarini soha korxonalarga taqdim etib boradi.
Tadbir doirasida olim va tadqiqotchilarning sohani yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, ularni amalga tatbiq etish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Uyushma huzurida tashkil etilgan laboratoriya imkoniyatlari va qurilish materiallari “shou-rumi” bilan tanishildi.
















Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring