“Qudrating yuksalsin, mening armiyam”
Kecha “Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 33-yilligi bayrami munosabati bilan “Qudrating yuksalsin, mening armiyam” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi kafedra katta oʻqituvchilari podpolkovnik Begimqulov Ilxom Bairovich, Inoyatov Jaxongir Gofurjonovich hamda inspeksiya xodimlari, hududiy shoʻba va boʻlimlar mutaxassislari ishtirok etdi.

Maʼruzachilar hamkasblarini bayram bilan qutlab, dunyo davlatlarining harbiy salohiyatini belgilovchi “Global Firepower Index” saytining yangilangan reytingida Oʻzbekiston Qurolli kuchlari Markaziy Osiyo hududida birinchi, MDH davlatlari orasida beshinchi va dunyoning 145 davlati orasida 62 oʻrinni egallagani, shuningdek, mamlakatimiz mudofaa tizimi salohiyati, sohaning raqamli texnologiyalar bilan bogʻliqligi, qurolli kuchlarda xizmat qilish mashaqqatlari borasida soʻz yuritishdi.
Bayramona ruhda oʻtgan tadbir yigʻilganlarga xush kayfiyat va oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Ruxsora MASHARIPOVA,
“Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasi matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring