Quddusda terakt sodir etildi. Isroil Bosh vaziri ushbu voqeada HAMASni aybladi

14:43 30 Noyabr 2023 Dunyo
441 0

Foto: AP

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu payshanba kuni Quddusdagi terakt hamda Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda sodir boʻlgan voqealar uchun Falastinning HAMAS harakatini aybladi.

Payshanba kuni ertalab ikki qurolli terrorchi Quddusga kiraverishdagi Givat Shaul chorrahasiga mashinada kelib, avtobus bekatida turgan tinch aholiga qarata oʻt ochdi. Hujumchilar voqea joyida zararsizlantirilgan. Isroilning 12-telekanalining shifokorlarga tayanib xabar berishicha, terakt oqibatida 24 yoshli qiz, 60 yoshli ayol va 73 yoshli erkak halok boʻlgan, yana besh kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.

“HAMASning har bir terrorchisi Quddusda, Gʻazoda, Gʻarbiy Sohilda, hamma joyda ajal farzandi”, dedi Netanyaxu.

Bosh vazir, shuningdek, terrorchilarni yoʻq qilishda yordam bergan tinch aholi va askarlardan juda minnatdor ekanligini bildirdi. Netanyaxuning qoʻshimcha qilishicha, u tinch aholining qurol olib yurishi haqidagi qonunni kengaytirishga intilishda davom etadi, chunki bu samarali boʻldi.

Ushbu ayblovga HAMAS tomonidan munosabat bildirilmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер