Qozogʻistonda sodir boʻlgan dahshatli YTHda Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi

17:52 17 Iyun 2024 Jamiyat
429 0

Foto: “Ақ Жайык”

Qozogʻistonda sodir boʻlgan dahshatli YTHda 51 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy “Ақ Жайык” nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, joriy yilning 15-iyun kuni soat 06:30 larda Qozogʻiston hududidan oʻtgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida odam oʻlimi bilan bogʻliq yirik YTH sodir boʻlgan.

Atirau viloyati politsiya departamenti xabariga koʻra, hodisa KamAZ, PAZ vaNexia-1” avtomashinalari ishtirokida yuz bergan.

Hodisada “Nexia-1” haydovchisi boʻlgan 1973-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok boʻlgan”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер