Qozogʻistonda parranda grippining keng tarqalishi toʻxtatildi

08:47 20 Oktyabr 2020 Dunyo
740 0

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Asqar Maminga tayanib Sputnik manbasi xabar berdi.

“Parranda grippi bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashdi va nazorat ostida”, deya taʼkidlagan hukumat rahbari.

Qozogʻistonda parranda grippi tarqalishi sentyabr oyida avj oldi va bir qator hududlarga yetib bordi. Parrandalarning oʻlimi ham aholi hovlilarida, ham parrandachilik fermalarida qayd etilgan. 

Mazkur epidemiyadan soʻng bosh vazir infeksiya tarqalgan joylarda  karantin joriy etish va bekor qilish tartibini soddalashtirishni buyurdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?