Qozogʻistonda besh yoshli bola avtomobilda besh kishini bosib ketdi
Qozogʻistonning Jezqazgʻon shahrida avtomobil rulida boʻlgan besh yoshli bola bir necha kishini urib yubordi. «Tengri News»ning xabariga koʻra, hodisa shaharning «Grand Palace» restorani yaqinida yuz bergan.
Toʻxtab turgan mashinada oʻtirgan besh yoshli bola tasodifan qoʻl tormozini tushirib yuborishi natijasida avtoulov harakatlanib, odamlarni urib yuborgan.
«Toʻrt nafar piyoda turli tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Tegishli ekspertiza tayinlandi», — deya xabar berdi Ulitau viloyati IIB matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga qaraganda, jarohatlanganlar soni besh nafar. Uch nafar ayol ambulator sharoitda davolanmoqda. Bir fuqaro qovurgʻa sinishi va ichki jarohatlar bilan travmatologiya boʻlimiga yotqizilgan. Jabrlanganlar orasida boshidan jarohat olgan bola ham bor.
Avvalroq, Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketganligi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring