Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov IHTning oʻn oltinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali
Yuqori martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali xabar berdi.
Qisqa suhbatdan soʻng, yuqori martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston ilk bor Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammitiga mezbonlik qilishi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring