Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi Oʻzbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

12:07 29 Fevral 2024 Siyosat
213 0

Illyustrativ foto

Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi Oʻzbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilib, tasdiqlash uchun mamlakat Senatiga yubordi.

Oʻzbekiston ushbu hujjatni 2023-yilning 30-noyabr kuni ratifikatsiya qilgandi.

Bitimga koʻra, ikki davlat oʻrtasida hamkorlikning yangi mexanizmi – davlat rahbarlari darajasidagi Oliy davlatlararo kengash tashkil etilmoqda. Kengashning birinchi yigʻilishi joriy yilning avgust oyida Ostona shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shartnoma asosida tomonlar hech qanday blok yoki ittifoqlarda qatnashmaslik, shuningdek, boshqa tomonga qarshi qaratilgan har qanday harakatlarda ishtirok etmaslik majburiyatini tasdiqlaydi

Shartnoma mohiyat eʼtibori bilan Markaziy Osiyo uchun yagona va misli koʻrilmagan hujjatdir. Oʻzbekiston va Qozogʻiston ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchi davlatlar darajasiga koʻtargan mintaqa davlatlari orasida birinchilardan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер