Qozogʻiston — Oʻzbekiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punkti yana 4 oy yopiq boʻladi

18:44 19 May 2025 Jamiyat
173 0

Qozogʻiston tomonining soʻroviga binoan “Tajen”-“Dovut-ota” chegara oʻtkazish punktlari orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatiga oʻrnatilgan cheklov 1-sentyabrga qadar uzaytirildi, deb xabar bermoqda Bojxona qoʻmitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev.

“Kazinform” nashrining yozishicha, mazkur qaror fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, nazorat-oʻtkazish punktida qurilish va rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan.

Nazorat-oʻtkazish punktida qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan dastlab, joriy yilning 1-fevral sanasidan boshlab 3 oy muddatga vaqtincha harakat cheklovi joriy qilingan edi. Biroq ishlar toʻliq yakunlanishi qoʻshimcha vaqt talab qilgani bois, ushbu muddat yana 4 oy — 2025-yil 1-sentyabrgacha uzaytirilgan.

“Ayni paytda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda: metall konstruksiyalarni oʻrnatish, muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital taʼmirlash”, deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, may oyidan avgustgacha Qozogʻiston “Tajen” (Qozogʻiston) va “Dovut Ota” (Oʻzbekiston) punktlari orasidagi neytral chiziqda yoʻl quradi. Oʻzbekiston tomonida ham shunday ishlar rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер