Qozogʻiston 25 yoshgacha boʻlgan shaxslarga qimor oʻynashni taqiqlamoqchi

19:38 22 Aprel 2024 Dunyo
907 0

Qozogʻiston parlamenti majlisi deputatlari qimor biznesi faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Deputat Elnur Beysenboyevning soʻzlariga koʻra, blogerlar va boshqa qozogʻistonliklarga bukmeykerlar va onlayn kazinolarni reklama qilish taqiqlanadi. Buning uchun ular 221 520 tenge (taxminan 6,3 million soʻm) jarimaga tortiladi.

Qonun loyihasida quyidagi oʻzgartirishlar nazarda tutilgan:

— 25 yoshga toʻlgan qozogʻistonliklar qimor oʻynashi mumkin boʻladi;

— reestrdagi qarzdorlar uchun qimor oʻyinlarini taqiqlash joriy etildi;

— bukmeykerlik idoralari va bukmeykerlik shoxobchalarining binolar, inshootlar va transport vositalaridagi tashqi reklamasini, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida, davriy nashrlarda, kino, video va maʼlumotnoma xizmatlarida reklama joylashtirishni taqiqlash;

— shu bilan birga, bukmeyker idorasi va bukmeykerlik shoxobchasi joylashgan joyda, sport inshootlari ichida, sport anjomlari va sport teleradiokanallarida, sport tadbirlarini yoritishga ixtisoslashgan internet-resurslarda reklama joylashtirishga ruxsat etiladi;

— elektron kazinolar va onlayn kazinolar faoliyatini tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish;

— “elektron lotereya chiptasi” tushunchasi kiritiladi;

— turarjoy binolari va yotoqxonalarda, madaniyat tashkilotlari joylashgan alohida bino va inshootlarda, taʼlim muassasalarida, diniy binolar va inshootlarda lotereya chiptalarini tarqatish va terminallar oʻrnatish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер