Qoʻshtepaliklar kasanachilik asosida quyonchilik bilan shugʻullanadi

18:45 06 Dekabr 2021 Jamiyat
540 0

Foto: "Xalq so'zi"

Fargʻona viloyati  Qoʻshtepa tumanidagi “Vodiy naslli quyonlari” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirmada tarmoqni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib borilyapti.

2020-yili agrofirmada 14,2 milliard soʻmlik loyiha amalga oshirilib, hozirgi kunda 15 mingga yaqin quyon parvarishlanmoqda. Shuningdek, Rossiyadan 2 ming bosh naslli quyonlar olib kelingan.

— Yaqin istiqbolda kasanachilik asosida aholi xonadonlarida quyon boqishni yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganmiz, — deydi korxona  rahbari Nuriddin Iminov. — Naslli quyonlar yetkazib berish, parhezbop  goʻsht sotish va eksport qilish borasida aholiga agrofirmamiz mutaxassislari koʻmaklashadi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.       

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер