Qoʻshtepalik tomorqachi 3 milliard soʻmdan ortiq daromad olishni rejalashtirmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qoʻshtepa tumanining “Sarmozor” mahallasida istiqomat qiluvchi mirishkor Gʻolibjon Gʻoziyev bundan ikki yil oldin 25 sotix maydonda intensiv texnologiyalar yordamida issiqxona tashkil etgan edi. Oʻtgan qisqa davrda sof daromad hisobiga issiqxona kengayib, hozirgi kunda 2 gektarga yetdi.
Ayni paytda ilgʻor tomorqachi 40 nafar mahalladoshini yoniga olib, ularni mavsumiy va doimiy ish oʻrni bilan taʼminlagan.

— Bu yil issiqxonaning bir gektariga 25 ming tup pomidor koʻchatlari ekilgan boʻlib, oʻrtacha 50-60 tonna hosildan 1,5-2 milliard soʻm daromad olishni maqsad qilganmiz, — deydi Gʻ. Gʻoziyev. — Bugungi kunda bir gektar maydonda pishib yetilgan bodring peshma-pesh xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, ertaki bodringning daromadi 1-1,4 milliard soʻmni tashkil etadi.
Tomorqachi tadbirkor yaqin istiqbolda faoliyat koʻlamini yanada kengaytirish hamda eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish niyatida doimiy izlanish va harakatda ekanligi eʼtiborga sazovordir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring