Qoraqalpogʻistonda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Qish-bahor mavsumida Orolboʻyi hududlari aholisini sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash, mavsumda narx-navo oshib, tanqislik yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Qoraqalpogʻiston tuman va shaharlarida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan 56 ming tonnalik 388 ta omborxona mavjud. Shundan 65 tasi muzlatgichli omborxonalar boʻlib, ularning jami sigʻimi 25 ming 375 tonnani tashkil qiladi.

— Qish va bahor mavsumida aholi hamda ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish, ichki bozorda nar-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratilyapti, - deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boʻlim boshligʻi M. Qurbaniyazov. — Shu maqsadda 35 ming 55 tonna asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 8 ming 577 tonna kartoshka, 5 ming 197 tonna piyoz, 10 ming 220 tonna sabzi va 11 ming 60 tonna guruch mahsulotlarini maxsus omborlarga zaxira uchun jamgʻarish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda tayyorlovchi korxonalar va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan jami 33 ming 954 tonna oziq-ovqat mahsulotlari zaxiraga jamgʻarildi va bu ishlar davom etmoqda. Bundan tashqari Orolboʻyining borish qiyin boʻlgan olis ovullaridagi 8 ta aholi punktiga 712 tonna un, 48,2 tonna oʻsimlik yogʻi, 109,5 tonna shakar, 97,3 tonna guruch, 261,1 tonna kartoshka mahsulotlari yetkazib berildi.
Maʼlumot uchun. 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Qonlikoʻl, Toʻrtkoʻl, Shumanay, Ellikqalʼa tumanlarida investitsiya loyihalari asosida sigʻimi 5600 tonnalik maxsus omborxonalar qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar amalga oshirilgach, oziq-ovqat mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish imkoniyatlari yanada kengayadi.
Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring