Qoraqalpogʻistonda bir guruh yigitlar 18 yoshli qizni ayovsiz kaltakladi

11:48 01 Oktyabr 2025 Jamiyat
277 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar yosh qizni ayovsiz kaltaklab, unga nisbatan oʻta shafqatsiz munosabatda boʻlgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning 27-sentyabr kuni Xoʻjayli tumani Bayterek MFY hududida sodir etilgan. Oʻsha kuni 13 yashar S.D. (oʻgʻil bola) va 18 yoshli A.G. (qiz bola) hududdagi eski garaj orqasida oʻrtalarida boʻlgan eski nizo sabab janjallashgan. S.D oʻzining boshqa tanishlari bilan A.G.ni urib tan jarohati yetkazgan.

Kar24'ning yozishicha, mazkur hodisada 7 nafar yigit ishtirok etgan. Ularning orasida maktab va kollej oʻquvchilari, shuningdek, voyaga yetgan shaxslar ham boʻlgan. Ular 18 yoshli qizga nisbatan oʻta shafqatsiz jismoniy zoʻravonlik sodir etgan.

Holat yuzasidan Xoʻjayli tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-modda 2-qismi “b,d” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Hozirgi vaqtda barcha tegishli ekspertizalar tayinlanib tergov harakatlari amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Taʼkidlanishicha, mazkur holat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер