Qoraqalpogʻiston Respublikasining 6 ta tumanida “aqlli” gaz hisoblagichlar toʻliq oʻrnatilib, avtomatlashtirilgan tizimga integratsiya qilindi
Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida “aqlli” gaz hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Qarorga asosan, respublika aholi xonadonlariga 241 592 dona “aqlli” gaz hisoblagich oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 210 538 dona (87,1%) hisoblagich oʻrnatildi. Xususan:
➖Nukus shahri — 91,2%,
➖Taxiatosh tumani — 82,3%,
➖Xoʻjayli tumani — 97,8%,
➖Shumanay tumani — 104,3%,
➖Qonlikoʻl tumani — 108,3%,
➖Qoʻngʻirot tumani — 74,1%,
➖Moʻynoq tumani — 106,7%,
➖Nukus tumani — 113,5%,
➖Kegeyli tumani — 92,1%,
➖Chimboy tumani — 77,6%,
➖Qoraoʻzak tumani — 106,1%,
➖Taxtakoʻpir tumani — 97,1%,
➖Amudaryo tumani — 68%,
➖Beruniy tumani — 69,7%,
➖Toʻtrkoʻl tumani — 71%,
➖Ellikqalʼa tumani — 90,5%,
➖Boʻzatov tumani — 106,5% zamonaviy tabiiy gaz hisoblagich oʻrnatib boʻlindi.
Respublika boʻyicha gaz hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring