Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV sobiq xodimining oʻlimi sababini aniqlash uchun tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasi maʼlum qilindi

11:04 06 Fevral 2023 Jamiyat
695 0

Foto: Arxiv surat

2023-yil 4-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli 4-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkum Polat Shamshetov (Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV sobiq xodimi) toʻsatdan vafot etgan.

Maʼlumot tariqasida: Sudning hukmi bilan P.Shamshetov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan.

Hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshligʻi, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Mazkur koʻzdan kechirish jarayonlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P.Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlarining ham ishtiroki taʼminlandi.

Oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi ishchi guruhining dastlabki maʼlumotiga koʻra, marhum oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi, oʻtkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер