Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
“Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [PQ-453-son, 24.12.2024-y.] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida maʼlum qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:
- yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
- Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, oʻquv-simulyatsion markaz va mehmonxona.
Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.
Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:
- tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;
- telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.
2025/2026 oʻquv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlay boshlaydi. 2025-yil 1-oktyabrdan Akademiya faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring