Qoramol goʻshti importi 10,5 ming tonnaga oshgan

10:57 06 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
776 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 116,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 26,9 ming tonna qoramol goʻshti import qilingan.

Qoramol goʻshti importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp qoramol goʻshtini import qilgan davlatlar:

Belarus – 14,4 ming tonna;

Qozogʻiston – 9,1 ming tonna;

Braziliya – 1,3 ming tonna;

Hindiston – 784 tonna;

Rossiya – 604 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер