Qorakoʻlchilik klasterlari tashkil qilinadi
“Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish boʻyicha qorakoʻlchilik klasterlari tashkil qilinadi.
Klasterlarga qorakoʻl zotli qoʻylarini boqishga moʻljallangan, shu jumladan, oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga Prezidentning PQ–4567-son qarorida nazarda tutilgan 120 million soʻmgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qoʻllaniladi.
Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida 1 ta ish oʻrni yaratish sharti bilan Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming soʻm) miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
Farmon bilan Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi.
Pillachilik va qorakoʻlchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishni taʼminlash Qoʻmitaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Qoʻmitaga oʻtkaziladi.
Farmonga koʻra, Oʻzbekiston bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan, ipak momigʻi) va xom ipak (TIF TN kodi – 5002 va 5003)ni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan ipak chiqindilari va xom ipakning har 1 kilogrammi uchun 0,05 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring