“Qoradori” tadbirlarida 77 ta qurol musodara qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 3-4-fevral kunlari mamlakatimiz miqyosida “Qoradori” keng koʻlamli tadbirlarining dastlabki bosqichi boʻlib oʻtdi.
Bunda giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalasini oldini olish hamda jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish uchun 653 ta maxsus tadbirlar oʻtkazilgan.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSH dollari va 569 million soʻm miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, keng koʻlamli tadbirlari doirasida 175 ta “tigʻ”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring