“Qora tuynuk” haqidagi tushunchalarimiz xato boʻlib chiqishi mumkin — Tatqiqot
Olimlar qora tuynuklar haqida anʼanaviy fikrlarning toʻgʻriligiga shubha bildirishmoqda. Ularning aytishicha, qora tuynukning ichida biz ilgari oʻylagandek “singulyarlik” — yaʼni cheksiz kuchli nuqta boʻlmasligi mumkin. Bu juda muhim, chunki ilgari bu nuqtada barcha fizik qonunlar ishlamay qoladi, deb hisoblangan.
“Qora tuynuk” deganda, tortish kuchi shu qadar kuchli boʻlgan jism tushuniladi-ki, hatto yorugʻlik ham undan qochib qutula olmaydi. Bu tushuncha 1915-yilda Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga asoslangan. Keyinroq aniqlanishicha, qora tuynuk markazida tortishish kuchi cheksiz boʻlib, bu joyda fazo va vaqt buziladi.
Ammo endi olimlar “bu joyda fizik qonunlar buzilmaydi, balki u yerda kvant fizikasi ishlaydi” degan xulosaga kelishgan. Yaʼni qora tuynukning markazida mutlaqo nomaʼlum hodisa emas, balki hali biz toʻliq tushunmagan, lekin izohlanadigan jarayonlar yuz beradi.
Yangi tadqiqot Italiya va boshqa mamlakatlardan kelgan olimlar ishtirokida oʻtkazildi. Ular buni koʻp yillik bahs va ilmiy muhokamalardan soʻng eʼlon qilishdi. Ularning aytishicha, bu yangi qarashlar qora tuynuklar va umuman olamni tushunishda katta oʻzgarish olib keladi.
Endilikda olimlar kelajakda yangi kuchli teleskoplar va hisoblash usullari yordamida bu fikrlarni sinab koʻrmoqchi. Agar bu nazariya tasdiqlansa, biz qora tuynuklar haqida butunlay yangi maʼlumotlarga ega boʻlamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring