Qora tanlilar va musulmonlarni kamsituvchi soʻzlar aytgan bokschi WBAʼdan chetlatildi
Foto: The Sun
Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda qora tanlilar va musulmonlarni kamsituvchi irqiy haqoratlarni bir necha bor ishlatdi, deya xabar beradi “Eurosport” nashri. Bu esa uning WBAʼdan chetlatilishiga sabab boʻldi. Bu haqda tashkilot prezidenti Maurisio Suleyman “X” sahifasida maʼlum qildi.
“WBA prezidenti sifatidagi vakolatimdan foydalanib, men Rayan Garsiyani tashkilotimizning barcha faoliyatidan chetlatyapman. Biz kamsitishning har qanday shaklini rad etamiz”, deb yozdi Suleyman.
Rayan Garsiya oxirgi jangini aprel oyida Devin Xeyniga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongandi. Ammo keyinchalik u doping-testdan oʻta olmagani sababli bir yillik diskvalifikatsiyaga uchragan hamda Xeyni bilan jang natijasi bekor qilingandi.
25 yoshli yengil vaznda sobiq WBA vaqtinchalik chempioni Garsiya endi barcha WBA faoliyatidan chetlashtirildi.
Bokschi haqoratga toʻla postini oʻchirib tashlagan. Shuningdek oʻz soʻzlariga izoh berib, kimnidir xafa qilgan boʻlsa, kechirim soʻrashini bildirgan. Garsiyaning oilasi ham uning ushbu haqoratlarini kuchli depressiya va ruhiy salomatlik bilan bogʻliq muammolar bilan kurashayotgani haqda bayon qilgan.
Avvalroq Professional boksning ogʻir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempionligi unvonidan voz kechayotganini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring