Qor boʻroni sababli Everestda yuzlab sayyohlar qamalib qoldi
Tibetdagi Everest togʻining sharqiy yonida kuchli qor boʻroni tufayli qariyb 1 mingga yaqin sayyoh va mahalliy aholi vakillari yoʻllarda qolib ketdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, qutqaruv ishlari 4,9 km balandlikda olib borilmoqda. Qor yogʻishi natijasida kempinglarga olib boradigan yoʻllar yopilib qolgan.
Xitoy OAV yozishicha, qor yomgʻiri juma kuni kechqurun boshlangan va shanba davomida ham toʻxtamagan.
Mahalliy hokimiyat qor toʻsib qolgan yoʻllarni ochish uchun yuzlab qutqaruvchilar va aholi vakillarini jalb etgan. Ayrim sayyohlar allaqachon evakuatsiya qilingani maʼlum qilindi.
Shuningdek, noqulay ob-havo tufayli “Everest” milliy tabiat bogʻiga chipta savdosi va kirish vaqtincha toʻxtatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring